Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi mart oyi oxiriga kelib 2015-yil boshiga nisbatan 17 foizga o‘sdi va 19,25 Gbit/s ni tashkil qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Foto: Gazeta.uz

Foto: Gazeta.uz

Bu haqda O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2015-yil birinchi chorak yakunlari bo‘yicha 1-may kuni bo‘lib o‘tgan Hay’at majlisida ma’lum qilingan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2014-yil davomida tashqi internet-kanal sig‘imi qariyb 62 foizga – 10,3 Gbit/s dan 16,64 Gbit/s gacha oshgan edi.

Foto: Gazeta.uz

Foto: Gazeta.uz

Xalqaro paketli kommutatsiya markazi orqali mamlakatning barcha provayderlariga internet xizmatini taqdim etuvchi “O‘zbektelekom” kompaniyasi 2014-yil boshida, talabdan kelib chiqib, tashqi internet kanallari tezligini to‘rt barobar oshirishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi