Instagram ijtimoiy tarmog‘ining veb-versiyasi butun dunyo bo‘ylab ishlamay qoldi, deya xabar bermoqda “RBK”. The Next Web nashri taxmin qilishicha, ijtimoiy tarmoq vakillari xavfsizlik sertifikatini uzaytirishni unutib qo‘ygan bo‘lishi mumkin, uning muddati 30-aprel kunining ikkinchi yarmida tugagan. Biroq buni kompaniya vakillari izohlaganicha yo‘q.
Muammo Instagram’ning faqat veb-versiyasiga taalluqli bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoq Chrome, Firefox va Opera brauzerlarida ham ochilmadi. Servisga kirilganida ekranda sertifikatlar amal qilish muddati tugagani haqida ogohlantirish namoyon bo‘ldi.
Ayni paytda Instagram ishlab ketdi.