Gollivud aktrisasi Sheron Stoun 2001-yilda, 42 yoshdaligida insultni boshidan kechirgach to‘g‘ri yurish va tutilmasdan gapirishni o‘rganish uchun ikki yilga yaqin vaqt ketganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
“Miyamga katta miqdorda qon quyila boshlagan edi. Uni 10 kun davomida to‘xtata olishmagan. Yurish va gapirishni qayta boshlashim uchun ikki yil vaqt ketgan edi”, − deb eslaydi 56 yoshli aktrisa.
Stounning so‘zlariga ko‘ra, ushbu sinov uni kelajakdan qo‘rqmaslikka o‘rgatgan. “Hozir men o‘zimni yomon his qilmayapman”, − deya qo‘shimcha qildi aktrisa.
Izoh (0)