Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentdagi Radisson mehmonxonasida 1-may kuni “Milliy internet-jurnalistika rivojining dolzarb masalalari” mavzusida respublika anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda UzReport xabar bermoqda.

Foto: UzReport

Foto: UzReport

Tadbir O‘zbekiston mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi va YUNЕSKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Konferensiya davomida O‘zbekistonda internet-jurnalistikaga bo‘lgan qiziqish o‘sib borayotgani qayd etildi. Unda so‘z va axborot erkinligini ta’minlash yo‘nalishidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari borasida fikr almashildi.

Shuningdek, konferensiya davomida O‘zbekistonda internet-jurnalistikani rivojlantirishning amaliy jihatlari, uning an’anaviy OAV bilan munosabatlari, “blog”, “bloger”, “blogosfera” tushunchalari, ularning an’anaviy tasavvurdagi jurnalistdan farqi, Uznetda ijtimoiy mas’uliyatli bloglar va ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Ma’lum qilishlaricha, bugungi kunda O‘zbekistonda 20 mingdan ortiq veb-saytlar faoliyat olib bormoqda, 300dan ortiq veb-sayt OAV sifatida davlat ro‘yxatiga olingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
Dunyo
AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?