Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2015-yilning 29−30-aprel kunlari Vena shahrida (Avstriya) Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Ekologik harakat Markaziy kengashi Ijroiya qo‘mitasi mas’ul xodimlaridan tashkil topgan O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi xalqaro suv huquqi masalalari yuzasidan o‘tkazilgan Markaziy Osiyo mamlakatlari tegishli idoralari yuqori mansabdor shaxslarining ikkinchi uchrashuvida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston TUV matbuot xizmati xabar berdi.

Vena. Foto: top10edges.com

Vena. Foto: top10edges.com

Uchrashuv davomida Markaziy Osiyo mintaqasidagi transchegaraviy suv resurslarini boshqarish sohasida xalqaro huquqning asosiy tamoyil va me’yorlarini amaliy tadbiq qilish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha BMT mintaqaviy markazi tomonidan tashkillashtirilgan tadbirda BMT institutlari, Jahon banki, Orolni qutqarish Xalqaro Fondi va boshqa xalqaro tashkilotlarning vakillari ham ishtirok etdilar.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova