• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +43°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Olim Arifov: Bu yoshda FIFA komissari bo‘lish – fantastika

    O‘zbekistonliklar orasida FIFA va OFK bayrog‘i ostidagi turli musobaqalarda hakamlik yoki assistenlik qilayotganlar yetarli. Ammo komissar hamda nazoratchilar borasida bunday fikr bildirolmaymiz, deb yozadi “Uff.uz”.

    Foto: the-uff.com

    Foto: the-uff.com

    Nazoratchilardan birgina Farhod Abdullayevni tilga olsak, komissarlar 2 nafar − O‘FF matbuot xizmati boshlig‘i Sanjar Rizayev va federatsiya texnik bo‘limi rahbari Olim Arifov. E’tiborlisi, 28 yoshli Arifov OFKning eng yosh komissari hisoblanadi. Quvonarlisi, u yaqinda FIFA komissarlari ro‘yxatiga ham kiritildi. Demak, shu paytgacha OFK miqyosidagi musobaqalarda rasmiy shaxs sifatida ishlab kelgan Arifov endilikda FIFA tasarrufiga kiruvchi turnirlar, jumladan, JCh−2018 saralash bahslarida ham komissarlik qiladi. Shu munosabat bilan “Uff.uz” yosh mutaxassisdan qisqacha intervyu oldi.

    — Olim, avvalambor, FIFA komissari maqomini olganingiz bilan tabriklaymiz. Bu xabarni birinchi bo‘lib kim va qachon yetkazdi?

    — Tabrik uchun rahmat. Men Janubiy Koreyada edim. Kechqurun mehmonxonada ishlab o‘tirsam, internet orqali OFKdan shunday xabar keldi. Ochig‘i, avvaliga bunga ishonmadim, xuddi tushdek tuyuldi. Beixtiyor kimdir aprel hazili qilyapti, chog‘i, deb o‘yladim. Ertasiga esa ertalabdan tabriklarni qabul qila boshladim. OFK va FIFAda ishlayotgan hamkasb do‘stlarim, tanishlarim tabriklashdi. Shundan keyingina bu ma’lumotning yolg‘on emasligiga ishonch hosil qildim.

    — Demak, bu siz uchun kutilmagan holat bo‘ldi...

    — Albatta. Bu yoshda FIFA komissari maqomini olish shaxsan men uchun olamshumul yangilik. Ha, FIFA komissari bo‘lishni orzu qilardim, lekin o‘z maqsadimga bu darajada tez yetishishni xayolimga ham keltirmagandim. OFK komissari sifatidagi faoliyatim 2011 yili boshlandi. Shu qisqa vaqt oralig‘ida OFK bayrog‘i ostidagi qit’a musobaqalarda ishladim. Jumladan, klublar o‘rtasida OFK kubogi hamda OChL, shuningdek, terma jamoalar miqyosida umumiy hisobda 60taga yaqin uchrashuvda komissarlik qildim. Qisqasi, bir so‘z bilan aytganda, bu men uchun 2015 yilning eng yaxshi yangiligi yanglig‘ yangradi.

    — Sizni FIFAning eng yosh komissari sifatida ham tabriklasak bo‘ladimi?

    — Bu masalada tayinli javob berishga qiynalaman. Sababi, FIFA komissarlarining ro‘yxati rasman e’lon qilinmaydi. Ammo har qanday holatda g‘oyat xursandman va o‘zimni FIFAning eng yosh komissarlaridan biri, deb bilaman. Bu yoshda FIFA komissari bo‘lish - shunchaki, fantastika! Mana, 4 yil ichida OFK komissari maqomidan FIFA komissari darajasiga ko‘tarildim. Agar bu yil FIFA komissarlari safidan joy olmaganimda, buni yana 4 yil kutishimga to‘g‘ri kelardi. Chunki FIFA komissarlar ro‘yxatiga har 4 yilda bir marta o‘zgartirish kiritadi. Kimdir ushbu ro‘yxatdan chiqariladi, boshqa birov tarkibga kiritiladi. O‘zim uchun tarixiy voqelik aynan shu yil amalga oshganidan benihoya xursandman.

    — Komissarlik bilan parallel ravishda O‘FF texnik bo‘limi boshlig‘i lavozimida ham faoliyat yurityapsiz. Ushbu bo‘limning ishi qanday davom etyapti?

    — Vazirlar Mahkamasining 214-sonli qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha belgilangan reja asosida ish olib boryapmiz. Bu qarorda barcha sport turlari, xususan, futbolda ham murabbiylik faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlariga alohida urg‘u qaratilgan. Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida yosh murabbiylarni imtihondan o‘tkazib kelyapmiz. Ular ko‘rsatayotgan natijalar asosida ko‘proq nimalarga e’tibor qaratishimiz kerakligini aniqlab olyapmiz. OFK va FIFA tomonidan poytaxtimizda muntazam ravishda tashkil etib kelinayotgan PRO guvohnomasi uchun o‘quv-kurslarini ham o‘tkazishga yordam beryapmiz. Bizda murabbiylarni o‘qitish tizimi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. PRO litsenziyasi uchun o‘quv jarayoni yuqori saviyada tashkil etiladi.

    Murabbiylarga xorijlik ko‘zga ko‘ringan instruktorlar saboq berishdi. Aytaylik, germaniyalik Erik Rotmyuller va angliyalik Gari Fillipsni alohida qayd etib o‘tishim kerak. Erik Germaniya milliy jamoasi murabbiylar shtabida 10 yil ishlagan. Boy tajribaga ega mutaxassis. 1996 yili Yevropa chempioni ham bo‘lgan. Gari esa Angliya o‘smir va yoshlar terma jamoalarida jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy rolini bajargan. “Borussiya”ning hozirgi bosh murabbiyi Yurgen Klopp ham vaqtida Erik Rotmyuller qo‘l ostida PRO guvohnomasi uchun o‘qigan va imtihon topshirgan ekan. Shunga qarab xulosa chiqarsak, Toshkentda PRO uchun o‘tkazilayotgan o‘quv-kurslari saviya bo‘yicha chakki emas.

    — Fikringizga qo‘shilaman, lekin natija biz uchun unchalik yaxshi bo‘lmayapti. PRO litsenziyasi ega bir qator murabbiylarimiz bugungi kunda ishsiz yurishibdi. Buni raqobat bilan bog‘lash kerakmi yoki boshqa sabablari ham bor?

    — Haqiqatan ham, oliy toifali murabbiylarimizning ayrimlari ishsiz yurishibdi. Bizda xorijdagi kabi klublar ko‘p emas. Mana, bu yildan oliy liga klublari soni 16taga yetkazildi. PRO guvohnomasiga ega murabbiylarimiz esa 60 nafardan ko‘p. Umuman, bu muammo faqat bizda emas, butun dunyoda bor. Murabbiylar soni hamisha klublardan ko‘p bo‘ladi. Qolaversa, PRO litsenziyasiga ega mutaxassislarimiz yaxshi joyda, kamida oliy liga klublarida ishlashni istash­yapti. «Oliy guvohnomam bo‘la turib, 1-ligada ishlaymanmi?» qabilida o‘ylaydigan murabbiylar ham yo‘q emas. Agarda ular masalaga boshqacha yondashganlarida nafaqat o‘zlari, balki 1-liga saviya­si oshishi uchun ham yaxshi bo‘lardi.

    01.05.2015, 10:01   Izoh (0)   4115
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Chagayev navbatdagi jangini 27-iyun kuni Germaniyada o‘tkazadi

    30.04.2015, 11:54

    Samsung’ning reklama roligida Lionel Messi Temir odam rolida namoyon bo‘ldi (video)

    30.04.2015, 11:48

    Odil Ahmedov aniq to‘p uzatish bo‘yicha “Liverpul” sardori Stiven Jerrarddan o‘zib ketdi

    29.04.2015, 18:01

    Toshkentda internat o‘quvchilari o‘rtasida paralimpiya futzali bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlandi

    29.04.2015, 13:32

    O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar Osiyo Kubogida eng yaxshi natijalarni ko‘rsatmoqda

    29.04.2015, 12:53

    O‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin Istanbuldagi turnirning ikkinchi bosqichiga chiqdi

    29.04.2015, 10:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Italiyalik mexanik dunyodagi eng tor avtomobilni ishlab chiqdi (foto)

    Avto | 3 iyul, 16:25

    O‘zbekistonda dollar yana pastladi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 16:14

    Tohir Sodiqovdan Jonygacha: Xorazmdagi qovun sayliga qaysi yulduzlar tashrif buyuradi?

    O‘zbekiston | 3 iyul, 16:07

    Shavkat Mirziyoyev Fuzuliy shahriga bordi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 16:06

    Ronaldu Diogu Jota va uning ukasining fojiali o‘limiga munosabat bildirdi

    Sport | 3 iyul, 16:01

    Nodavlat oliy taʼlim muassasalarining faoliyati takomillashtirilmoqda

    O‘zbekiston | 3 iyul, 11:48

    Isroil hujumida G‘azo kasalxonasi direktori va oilasi halok bo‘ldi

    Dunyo | 3 iyul, 15:50

    G‘azoda 73 nafar falastinlik “sababsiz otib tashlandi”

    Dunyo | 3 iyul, 15:37

    Gollivudning mashhur bo‘ydog‘i — Leonardo Di Kaprioning yuragini zabt etgan Vittoriya Cheretti kim o‘zi?

    Layfstayl | 3 iyul, 15:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.