Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“O‘zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi 2015-yilda umumiy qiymati 2,1 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirishni boshlaydi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Foto: anhor.uz

Foto: anhor.uz

Kompaniya dasturidan O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan tasdiqlangan kimyo sohasidagi mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va yangilarini qurish bo‘yicha 10 ta loyiha o‘rin olgan.

Loyihalarni moliyalashtirish 1,29 milliard dollar miqdoridagi xorijiy investitsiya va kreditlar, 486,2 million dollar miqdoridagi O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi kreditlari, 212 million dollar miqdoridagi “O‘zkimyosanoat”ning o‘z mablag‘lari va 83,7 million dollar miqdoridagi o‘zbek banklarining kreditlari evaziga amalga oshiriladi.

Jumladan, “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida azot kislotasi agregatlari rekonstruksiyasini, shuningdek ammiak va karbamid zavodi va polivinilxlorid chiqarish bo‘yicha kimyo majmuasi qurilishini boshlash, Angrenda shina zavodini qurish, Samarqandda murakkab mineral o‘g‘itlarni yillik ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, “Farg‘onaAzot”ni modernizatsiya qilish ko‘zda tutilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova