2015-yil 19-aprel kuni noma’lum haydovchi avtomashinani “Bishkek – Dushanbe – Termiz” M-41 yo‘lining 1556-kilometrida boshqarib ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan yo‘lovchi – jarqo‘rg‘onlik 1991-yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborib, voqea joyidan ketib qoldi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.
Ushbu holat bo’yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ichk ishlar idoralari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu yo‘l-transporti hodisasini Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro Nexia rusumli avtomashinada sodir etgani aniqlandi. Gumonlanuvchi ushlanib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)