Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya Bosh shtabi razvedka bosh boshqarmasi boshlig‘i general-polkovnik Igor Sergun AQSh o‘z qo‘shinlarini doimiy yoki vaqtinchalik asosda dunyoning yuzdan ortiq mamlakatiga joylashtirmoqchi ekanligini ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Ushbu mamlakatlarda, general so‘zlariga ko‘ra, “janglar bo‘layotgan hududlardagi harbiy harakatlarni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan qurol-yarog‘ va harbiy texnikani oldindan zaxira qilib qo‘yish uchun obyektlar qurish ko‘zda tutilmoqda”.

Rossiya Bosh shtabi tezkor bosh boshqarmasi boshlig‘i general-leytenant Andrey Kartapolov, o‘z navbatida, AQSh hozirgi kundagi “barcha harbiy nizolarning buyurtmachisi” ekanligini ta’kidladi.

G‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-polkovnik Anatoliy Sidorov AQShni Rossiyaga qarshi gibrid urush olib borishda aybladi.

Bunday bayonotlar bilan generallar Ikkinchi Jahon urushidagi g‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlangan harbiy-ilmiy anjumanda chiqish qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?