Xalqaro olimpiya qo‘mitasining efirga uzatish guruhi ijrochi direktori Yanis Eksarkos ma’lum qilishicha, Olimpiya telekanali 2016-yilning aprel oyidan faoliyatini boshlaydi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
2014-yilning dekabr oyida XOQning 127-Sessiyasi o‘tkazilib, unda maxsus Olimpiya telekanalini tashkil etish taklifi ham ma’qullangan edi. Yanis Eksarkosning ta’kidlashicha, Olimpiya telekanalining qarorgohi Ispaniya poytaxti Madrid shahrida joylashadi va unda yuz nafarga yaqin xodim faoliyat ko‘rsatadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Olimpiya telekanalining 2015-yildan 2021-yilgacha bo‘lgan byudjeti 490 million yevroni tashkil etadi.
Izoh (0)