Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqich 5-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” hamda “An-Nasr” klublari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga yetdi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
Uchrashuvda 0:1 hisobi qayd etilib, mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Yagona gol uchrashuvning 32-daqiqasida Adrian Merzejevski tomonidan kiritildi. O‘yinni “Bunyodkor” futbolchilari bitta kam bo‘lib yakunladi. Anvar G‘ofurov 71-daqiqada maydondan chetlatildi.
Shu tariqa, “Bunyodkor” o‘z maydonida kechgan barcha — uchta uchrashuvda ham mag‘lubiyatga uchradi. Klub beshta o‘yinda bor-yo‘g‘i bir ochko jamg‘ara oldi, xolos.
“Qaldirg‘ochlar” OChLda so‘nggi to‘rt yildagi eng yomon natijani qayd etdi.
OChL, 5-tur
“Bunyodkor” — “An-Nasr”: — 0:1
Gol: Adrian Merzejevski, 32
“Bunyodkor”: Akbar To‘rayev, Xayrulla Karimov, Anvar G‘ofurov, Minori Sato, Mirzohid G‘ofurov, Ivan Miloshevich, Obid Jo‘raboyev, Samir Bekrich, Sardor Sobirxo‘jayev, Eldor Shomurodov, Timur Ayupov.
“An-Nasr”: Abdulloh Alenazi, Muhammad Hasan, Umar Ibrohim, Armando Vila, Yahia Alshahri, Holid Al Gamdi, Abdulaziz Aljabrin, Abdulloh Enazi, Hussayn Sulaymoni, Shaya Sharahili, Adrian Merjejevski, Xasan Alraheb.
Izoh (0)