Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda HTC kompaniyasining yangi flagman smartfoni — One M9 sotila boshladi, deya xabar bermoqda “Mobinfo.uz”.

Foto: mobinfo.uz

Foto: mobinfo.uz

Avvalroq mart boshida taqdim etilgan yangi HTC One M9 smartfoni (32 Gb xotiralisi)ga 650 dollar narx belgilangani, u 25-martdan sotila boshlashi xabar berilgan edi.

Toshkentning “Fleshka” savdo majmuasida esa yangi smartfonni (32 Gb xotiralisi) 3,4 million so‘mdan xarid qilish mumkin.

Yangi qurilmaning avvalgi modeldan asosiy farqi shundaki, unda ultrapikselli asosiy kamera o‘rniga 20 megapikselli fotomodul o‘rnatildi. Ultrapikselli kamera esa old panelga o‘tdi.

Yangi HTC flagmani 3 Gb tezkor xotira, 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 810 protsessori, 2840 mA/s sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ldi. Smartfon Android 5.0 operatsion tizimida ishlaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi