Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Uff.uz sayti” tomonidan o‘tkazilayotgan “Oy Yulduzi” loyihasida mart oyi uchun so‘rovnoma yakunlandi. Unga ko‘ra “Olmaliq” bosh murabbiyi Igor Shkvirin va “Nasaf” yarim himoyachisi Artur Gevorkyan g‘olib deb topildi, deb xabar beradi “Uff.uz”.

Foto: uff.uz

Foto: uff.uz

“Oy Yulduzi” loyihasida umumiy hisobda 6000 ga yaqin muxlis ishtirok etdi. So‘rovnoma yakuniga ko‘ra, “Nasaf” yarim himoyachisi Artur Gevorkyan 60,1 foiz ovoz to‘pladi. Uning eng yaqin ta’qibchisi Bahriddin Vahobov 15,6 foiz ovoz bilan ikkinchi o‘rinda qolgan bo‘lsa, 11,6 foiz ovoz to‘plagan Vohid Shodiyev uchinchi o‘rinni band etdi.

Murabbiylar uchun o‘tkazilgan so‘rovnomada Igor Shkvirinni 40,6 foiz muxlis qo‘llab chiqdi. “Mash’al” bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov 18 foiz, “Bunyodkor” ustozi Sergey Lushan esa 9,3 foiz ovoz to‘pladi.

Shu tariqa, “Olmaliq” bosh murabbiyi Igor Shkvirin va “Nasaf” yarim himoyachisi Artur Gevorkyan “Oy Yulduzi” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, aprel uchun “Oy Yulduzi” so‘rovnomasida ovoz berish 1 may sanasida boshlanadi. Ushbu loyihada ishtirok etish uchun “Uff.uz” sayti asosiy sahifasidagi “So‘rovnoma” bo‘limiga tashrif buyurish lozim.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi