Butun dunyodagi Bloomberg birja terminallari o‘chib qoldi. Bu haqda Business Insider’ga asoslanib “Vedomosti” xabar bermoqda. Boshqa qator OAVlar ham ushbu ma’lumotni tasdiqlagan.
Bloomberg’ning o‘zi ham terminallar o‘chganini tasdiqlagan, biroq uning aniq sabablarini ma’lum qilmagan. “Hozirda texnik nosozlik kuzatilmoqda, u tez orada bartaraf etiladi”, — deydi kompaniyaning avto javob qaytargichi.
Qayd etilishicha, terminallar o‘chgach, treyderlarning ishi qiyinlashib qolgan. Qator bitimlar orqaga surilgan, da’volar ehtimoli ham istisno qilinmayapti.
Izoh (0)