Ispaniya bosh vaziri sobiq o‘rinbosari, Xalqaro valyuta jamg‘armasining taqsimlovchi direktori va Bankia banki prezidenti Rodrigo Rato uning uyi va idorasida o‘tkazilgan ketma-ket tintuvlardan so‘ng hibsdan ozod etildi. Bu haqda EFE agentligi xabar bermoqda.
“Men adliya organlariga ishonaman va ular bilan yaqindan hamkorlik qildim. Hozirgi vaqtda uyimda, oilam bilan birgaman”, - dedi Rato.
Rato payshanba kuni Madridda, Ispaniya prokuraturasi uni soliqlardan bo‘yin tovlash, pul yuvish va mulkni noqonuniy o‘zlashtirishda ayblab chiqqanidan so‘ng, hibsga olingandi.
Avvalroq ispan matbuotida bankir hukumat tomonidan e’lon qilingan soliq amnistiyasidan shubhali yo‘llar bilan topilgan pul mablag‘larini olib chiqib ketish uchun foydalangani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.
Izoh (0)