Toshkent viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashidan ma’lum qilishlaricha, joriy yoz mavsumida 30 mingdan ziyod bolani dam oldirish va sog‘lomlashtirish rejalashtirilgan. “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi doirasida 20 ming nafarga yaqin ehtiyojmand, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning farzandlari sog‘lomlashtiriladi, deb xabar beradi O‘zA.
Buning uchun viloyatning tog‘li, bahavo hududlaridagi 18 oromgoh va ta’lim muassasasi qoshida tashkil etilgan yuzdan ortiq kunduzgi sog‘lomlashtirish maskanlarida barcha sharoit yaratilmoqda.
O‘zbekistonda davom etayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligi doirasida oromgohlar hududida 10 ming tupdan ziyod mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun yer maydoni mavjud bo‘lgan oromgohlarda sabzavot va poliz ekinlari ekildi.
Xususan, Bo‘stonliq tumanidagi “Quyoshli” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida joriy yil yoz mavsumida 2000 ga yaqin o‘g‘il-qizning hordiq chiqarishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)