Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida yangi madaniyat markazi foydalanishga topshirildi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz” “O‘zbekiston ovozi” gazetasi saytiga tayanib.
Qayd etilishicha, madaniyat markazi aholining talabi bilan tuman hokimligi mahalliy byudjetdan ajratgan 650 million so‘m mablag‘ga qurilgan.
Binoda 400 o‘rinli tomoshalar zali, musiqa, raqs, tikuvchilik, musavvirlik to‘garaklari mavjud. Bu madaniyat markazi nafaqat “Nurafshon” mahallasi, balki atrofdagi o‘nlab qishloqlar aholisi uchun ham xizmat qiladi.
Madaniyat markazining ochilish marosimiga bag‘ishlangan tadbirda Qashqadaryo viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev ishtirok etdi.
Izoh (0)