BAAning Al-Ayn shahrida davom etayotgan shaxmat bo‘yicha Al Ain Youth U15 international Championship 2015 turnirida kecha 7-partiya uchrashuvlari o‘tkazildi. Turnirda ishtirok etayotgan yagona vakilimiz Javohir Sindorov (2116) ushbu turda g‘alaba qozondi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
O‘zbekistonlik shaxmatchi o‘zi singari 4 ochkoga ega bo‘lib turgan amerikalik Muhammad Xezrian bilan hisob-kitob qildi. Qora donalarda o‘ynashiga qaramay, Javohir Sindorov raqibini mag‘lubiyatga uchratdi.
Bugun o‘tkaziladigan 8-tur bahsida Javohir o‘zi singari 5 ochkoga ega bruneylik Amini Xusayn Ali bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi. Hozircha yosh shaxmatchimiz 103 ishtirokchi orasida turnir jadvalida qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 13-o‘rinni egallab turibdi.
Izoh (0)