Chexiya prezidenti ma’muriyatining tashqi siyosat departamenti direktori Ginek Kmonichekning ma’lum qilishicha, Chexiya prezidenti Milosh Zeman AQSHning Pragadagi elchisi Endryu Shapironi faqat bir shart bilan – AQSH prezidenti Barak Obama Chexiyaning Vashingtondagi elchisi Petr Gandalovich bilan uchrashsagina qabul qiladi. Bu haqda iDNES xabar bermoqda.

Foto: radio.cz

Foto: radio.cz

Kmonichekning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda Chexiya prezidentining AQSH elchisi bilan uchrashishi uchun hech bir sabab yo‘q.

“Chexiya prezidenti uni rasman qabul qilishi uchun elchi Shapiro Pragadagi boshqa har qanday elchi kabi haqiqatan ham katta va muhim sabab topishi kerak”, - dedi Kmonichek.

Ayni vaqtda, department boshlig‘ining qayd etishicha, agar “Obama ertaga Gandalovichni qabul qilganida edi”, Zeman ham Shapiro bilan uchrashgan bo‘lardi.

Bundan avval Chexiya prezidenti Milosh Zeman, uning 9-may kuni Moskvada bo‘ladigan G‘alaba kuni tantanalariga borishi yuzasidan AQSH elchisi Endryu Shapiro omma oldida bildirgan tanqidiy fikrlarga toqat qilib bo‘lmasligini aytib o‘tgandi.

“Endi Shapiro uchun Praga Gradi (Chexiya prezidenti qarorgohi) eshiklari yopildi”, - degandi Chexiya prezidenti.