BAAning Al Ayn shahrida davom etayotgan shaxmat bo‘yicha Al Ain Youth U15 International Championship 2015 turnirida kecha ikkita partiya uchrashuvlari o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Turnirda ishtirok etayotgan O‘zbekistonning yagona vakili Javohir Sindorov (2116) avvaliga qora donalarda iordaniyalik A’lo Kabatullohni mag‘lubiyatga uchratdi.Lekin oltinchi partiyada oq donalarda o‘ynashiga qaramay, reytingda o‘zidan pastda (1969) turgan eronlik Borna Derakshaniga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Bugun yettinchi partiyada o‘zbekistonlik shaxmatchi o‘zi singari 4 ochkoga ega bo‘lib turgan amerikalik Muhammad Xezrian bilan hisob-kitob qiladi. Javohir Sindorov bugungi tur oldidan 4 ochko bilan turnir jadvalida qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 20-o‘rinni egallab turibdi.
Izoh (0)