Osiyo Chempionlar ligasining 4-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” va “Al Sadd” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakuniga yetdi. O‘yinni nihoyatda yuqori kayfiyatda boshlagan “temiryo‘lchilar” yakunda shunga yarasha yirik hisobda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
7-daqiqadayoq Marat Bikmayev tezkor gol kiritib, hisobni ochdi. Goldan ruhlangan Abramov shogirdlari yana oldinga tashlanishdi. Oradan yetti daqiqa o‘tar-o‘tmas Bikmayev dubl qayd etdi. Shundan keyin ham har ikki jamoada gol kiritish imkoniyatlari yuzaga kelgan bo‘lsa ham, birinchi bo‘limda darvozalar boshqa ishg‘ol qilinmadi.
Ikkinchi bo‘limda tinib-tinchiman Sanjar Shoahmedov gol kiritib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. 79-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan Damir Koyashevich Temurxo‘ja Abduxoliqovning faolligi evaziga gol kiritib, hisobni 4:0 bo‘lishini ta’minladi. 90-daqiqada esa Koryanning o‘ng qanotdan kirib borishi juda chiroyli gol bilan yakunlandi.
Shu tariqa Vadim Abramov shogirdlari o‘tgan turda “Al Sadd”dan qabul qilib olingan 6:2 hisobidagi mag‘lubiyat alamini olishga muvaffaq bo‘lishdi.
“Lokomotiv” – “Al Sadd” 5:0
Gollar: M.Bikmayev (7, 14), S.Shoahemdov (53), D.Koyashevich (79), R.Koryan (90).
“Lokomotiv”: Ma’mur Ikromov, Shavkat Mullajonov Islom To‘xtaxo‘jayev Nemanya Yanichich, Lutfulla To‘rayev Jasur Hasanov (kichik), Sanjar Shoahmedov Ikrom Aliboyev Jasur Hasanov (katta), Marat Bikmayev Sardor Mirzayev.
“Al Sadd”: Naim Muhannad, Hasan Abdulkarim, Muhammad Kasola, Ali Asad, Maruqiy, Ibrohim Xalfan, Alhaydos Hasan, Grafite, Nodir Belxodj, Li Jun Su, Muhammad Musaab.
Izoh (0)