Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“O‘zbekiston” sport saroyi hamda Badiiy gimnastika bo‘yicha bolalar-o‘smirlar respublika ixtisoslashgan olimpiya zaxiralari sport maktabi majmuasi mezbonlik qilayotgan o‘smirlar (17 yoshgacha) va yoshlar (20 yoshgacha) o‘rtasidagi qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionatida navbatdagi g‘olib va sovrindorlar ma’lum bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Olamsport.com”.

Foto: olamsport.com

Foto: olamsport.com

Kecha, 5-aprel kuni yoshlar o‘rtasidagi musobaqalar o‘tkazilib, unda hozirgacha bo‘lgan eng yaxshi natijamiz qayd etildi. O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda Javohirbek Nurmatov 153 ishtirokchi orasida 27-o‘rinni egalladi. Temurbek Abduvaliyev 49, Abdulbosit Nasriddinov esa 83-o‘rinni band etdi.

Bu yo‘nalishda fransiyalik Ippolit Bouillot oltin medalni qo‘lga kiritdi. Vengriyalik Szombor Banyaiz kumush, ispaniyalik Yulen Pereyra va xitoylik Yangdong Ksyue bronza medali bilan taqdirlandi.

Foto: olamsport.com

Foto: olamsport.com

20 yoshgacha bo‘lgan qiz bolalar o‘rtasidagi musobaqada esa amerikalik Sara Taffel jahon chempioni bo‘ldi. Kanadalik Eleanor Xarvey kumush medal bilan taqdirlangan bo‘lsa, germaniyalik Leoni Ebert hamda xitoylik Yiting Fu bronza medali bilan uyga qaytadigan bo‘lishdi.

88 nafar ishtirokchi qatnashgan ushbu musobaqada hamyurtlarimizdan eng yaxshi natijani Mushtariy Abdurazzoqova qayd etdi. U 75-o‘rinni egalladi. Maftuna Ilyosova 77, Madina Parpiyeva esa 87-pog‘ona bilan kifoyalandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova