Lukashenko AQShni dunyodagi yagona diktator deb hisoblashini ma’lum qildi
Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko Bloomberg mediaxoldingiga bergan intervyusida AQShni dunyodagi yagona diktator deb atadi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Bugungi kunda dunyoda AQShdan boshqa diktator yo‘q”, − dedi Lukashenko. Rossiya prezidenti Vladimir Putinni diktator deb hisoblashi yoki hisoblamasligi haqidagi savolga “Sizning o‘lchovlaringiz bilan yondashilsa, uning AQSh diktaturasiga yetishishiga hali ancha bor”, − deb javob qaytargan.
“Dunyoda hech kim bunchalik resurslarga ega emas. Rossiya AQShga qaraganda ancha kuchsiz. Shuning uchun ham bu AQShdan ko‘ra ancha kichik diktator”, − dedi Belorussiya prezidenti.