AQSh Jismoniy antropologiya assotsiatsiyasining 84-anjumanida Garvard antropologlari o‘z ma’ruzasini taqdim etdi. Unga ko‘ra, yevropaliklarda oq teri va sigir sutini hazm qilish qobiliyati nisbatan yaqinda — sakkiz ming yil avval paydo bo‘lgan, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Olimlar aniqlashicha, Afrikadan ilk marotaba 40 ming yil avval kirib kelgan zamonaviy odamlar qora tanga ega bo‘lgan. 8500 yil oldin hozirgi Ispaniya, Lyuksemburg va Vengriya hududlarida yashagan ovchi-termachilar ham qora tanli bo‘lgan, ularda teri depigmentatsiyasini aniqlovchi genlar bo‘lmagan.
7700 yil oldin esa yevropaliklar nafaqat bunday genlar, balki ko‘k ko‘z, oq-sariq teri va sochga aloqador boshqa gen sohibiga aylangan. Yakuniy oq-sariq teri Yevropaga Yaqin Sharqdan dehqonlar kirib kelishi bilan shakllangan.
Shuningdek, yevropalik ovchi-termachilar, shuningdek neolit davridagi muhojirlar: yaqin sharqlik dehqonlar va sharqiy dashtlardan kelgan chorvachilarda LCT laktozasiga tolerantlik geni mavjud bo‘lmagan. Bunday gen Yevropada 4300 yil avval, bronza davridagina tarqalgan.