AQShning Alabama shtatidagi Montgomeri shahri sudi noto‘g‘ri hukm tufayli 30 yil o‘lim jazosini kutib qamoqda o‘tirgan 58 yoshli Entoni Xintonni ozod qilish to‘g‘risida qaror chiqardi, deb xabar bermoqda “TASS”.
1986-yilda Xinton tez ovqatlanish restoranining ikki menejerini o‘ldirganlikda ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilingan. Tergovchilar qotillik uning uyidan topilgan to‘pponcha yordamida sodir etilganini ta’kidlagan.
Yaqinda o‘tkazilgan ekspertizada o‘q boshqa quroldan otilgani ma’lum bo‘lgan. Yangi vaziyatlarni o‘rganib chiqqan sud Xintonni aybsiz deb topdi, u juma kuniyoq ozodlikka chiqarilishi kutilmoqda.
Avvalroq, yolg‘on guvohlik tufayli umrining 39 yilini qamoqda o‘tkazgan amerikalik ozod qilingani xabar berilgan edi.
Izoh (0)