Tailand poytaxti Bangkok shahrida davom etayotgan tennis bo‘yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi sovrin jamg‘armasi 15 ming dollardan iborat turnir o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
Ushbu musobaqaning yakkalikdagi ishtirokini birinchi davradayoq yakunlagan O‘zbekiston vakilasi Sabina Sharipova endi bor e’tiborini juftliklar bahsiga qaratadi.
Kecha, 31-mart kuni Sabina koreyalik dugonasi Su Jeong Jang bilan birga birinchi bosqichda tailandlik tennischilar – Nichapa Rangteyn va Napatsakorn Sankayevdan 6:1, 6:0 hisobida ustun keldi. Ularning chorak finaldagi raqibalari musobaqaning birinchi tartib raqamli mezbon tennischilari opa-singil Varatchaya va Varunya Vongteanchay bo‘ladi.
Izoh (0)