Bugun, 30-mart kuni Fransiyaning Kruasi-Bobur shahrida tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 50 ming AQSh dollaridan iborat bo‘lgan Open GDF Suez de Seine et Marne turnirining asosiy to‘r bahslari boshlandi. Ushbu musobaqada O‘zbekistondan ikki nafar tennischi ham ishtirok etayotgan edi, deb xabar bermoqda “Olamsport.com”.
O‘zbekistonning sobiq birinchi raqamli tennischisi Oqgul Omonmurodova saralash bahslarida mag‘lubiyatga uchradi. Saralashda uchinchi raqam ostida tasniflangan Omonmurodova dastlab slovakiyalik Mikaela Xonkovani 6:4, 6:3 hisobida taslim etdi. Biroq ikkinchi bosqichda shvetsiyalik Sofiya Arvidssonga ikki setda ham bir xil 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Endi asosiy to‘r musobaqasida O‘zbekistonning birgina vakilasi Nigina Abduraimova bosh mukofot uchun bahs olib boradi. O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi qur’a natijasiga ko‘ra ilk davrada turnirda imtiyozli tarzda ishtirok etayotgan fransiyalik Mirtille Georgesga qarshi kortga chiqadi.
Izoh (0)