Namangan shahridagi “Do‘stlik” kortlarida tennis bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi uchinchi toifaga kiruvchi “Fyuchers” xalqaro turniri yakunlandi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi final uchrashuviga ikki nafar o‘zbekistonlik sportchi – Humoyun Sultonov va Jo‘rabek Karimovning yetib kelgani haqida xabar berilgan edi.
Lekin kichik jarohat sabab turnirning birinchi raketkasi bo‘lgan Jo‘rabek final uchrashuvida ishtirok eta olmadi. Shu sabab, Humoyun Sultonov kurashsiz turnir g‘olibiga aylandi. Bir kun avval Jo‘rabek Karimov belaruslik do‘sti Uladjimir Dorash bilan birga turnirning juftliklar bahsida g‘olib chiqqan edi.
Izoh (0)