2015-yil 29-mart kunduzi soat 11 dan 04 daqiqa o‘tganda Namangan viloyati Chust shahridagi 2 qavatli uyda yong‘in chiqib, uyning bir qismi vayron bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Yong‘in xonalarning birida oshxonadan sizib chiqqan tabiiy gaz chaqnashidan sodir bo‘lgan. Yong‘in oqibatida uyning konstruktor tuzilishi yonib, zarar ko‘rgan.Yong‘inni bartaraf etish jarayonida vayronalar ostidan shu uyda yashovchi bir kishining jasadi topilgan. Voqea natijasida 3 fuqaro har xil darajada tan jarohati olgan va ular shifoxonaga yuborilgan. Ayni paytda vayronalarni tuzatish ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)