Avstraliyalik 109 yoshli Alfi Deyt Filipp orolchasidagi pingvinlar uchun issiq kiyimchalar to‘qib, jonivorsevarlarni hayratda qoldirdi, deb xabar bermoqda Animal Planet.
Qayd etilishicha, qushlarning yashash joyi yaqinida dengizga to‘kilgan neftga tushib ketgani tufayli pingvinlar o‘z tanasini isita olmay qolgan. Ularni qutqarib qolish uchun yungdan kiyimchalar to‘qishga to‘g‘ri kelgan.
Pingvinlarni qutqarish jamg‘armasi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, natijalar hayratlanarli bo‘lgan: Alfi singari ko‘ngillilar yordami evaziga 32 mingta pingvinga kiyimcha to‘qib kiydirilgan.
Izoh (0)