O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Portugaliyadagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari doirasida Yevropa vitse chempioni bo‘lgan Portugaliya U-20 terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Bu haqda “Uff.uz” xabar bermoqda.
May oyi so‘ngida Yangi Zelandiyada start oladigan Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Ravshan Haydarov shogirdlari portugaliyaliklarga ushbu o‘yinni 2:0 hisobida boy berdi. Dastlabki golni Portugaliya U-20 sardori Ivo Rodrigez kiritgan bo‘lsa, keyingi golga Andre Silva mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliyadagi yig‘in doirasida O‘zbekiston vakillari yana bir nazorat uchrashuvi o‘tkazib, unda Urugvay U-20 termasiga qarshi maydonga tushadi.
Izoh (0)