Koreya Xalq Demokratik Respublikasida Janubiy Koreyaning ikki fuqarosi josuslikda ayblanib qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Reuters. Seul ularni tezda qo‘yib yuborishni talab qilmoqda.
Pxenyan gumondorlar Kim Kuk Gi va Chxve Chxon Kilni KXDRga qarshi razvedka faoliyatini olib borganlikda ayblamoqda. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ikki erkak Xitoyning Shimoliy Koreya chegarasi yaqinidagi Dandun shahrida yashagan va ulardan biri noqonuniy cherkov a’zosi bo‘lib, KXDR hududiga taqiqlangan materiallarni tarqatgan.
Seul qo‘lga olingan shaxslar Janubiy Koreya fuqarolari ekanligini tan olgan, biroq ularga qo‘yilgan ayblovlar asossiz ekanligidan tashqari qo‘shimcha izoh berishdan bosh tortgan.
Izoh (0)