Tailand bosh vaziri Prayut Chan-Ocha “yolg‘on” yozuvchi jurnalistlarni qatl etishini aytib tahdid qildi, deb xabar bermoqda Meduza.
Undan hukumat nuqtayi nazarini qo‘llab-quvvatlamaydigan jurnalistlarni davlat nima qilishi haqida so‘ralganda “Ehtimol ularni shunchaki qatl qilamiz” deb javob bergan.
Tailand armiyasi qo‘mondoni Prayut Chan-Ocha hukumat tepasiga 2014-yil may oyida kelgan bo‘lib, harbiy to‘ntarishni amalga oshirgan va hozirda mamlakatda harbiy holat amal qiladi.
Izoh (0)