Tailand poytaxti Bangkok shahrida tennis bo‘yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi, mukofot jamg‘armasi 15 ming AQSh dollaridan iborat bo‘lgan turnirning asosiy to‘r bahslarida chorak final ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Ushbu musobaqada hamyurtimiz Sabina Sharipova ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. Turnirda uchinchi raqam ostida tasniflangan Sharipova ilk davrada britaniyalik Garriet Dartni 3:6, 6:4, 6:3 hisobida taslim etgandi. Kecha u chorak finalga chiqish uchun tailandlik Nudnida Luangnamni ham uch setda mag‘lubiyatga uchratdi.
Garchi Sabina birinchi setni 1:6 hisobida boy bergan bo‘lsada, keyingi ikki setda osonlik bilan 6:1, 6:2 hisobida zafar quchdi. Endi hamyurtimiz yarim finalga chiqish uchun yaponiyalik Miyabi Inouyega qarshi kortga chiqadi.
Izoh (0)