2015-yilning 24-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Koreya Respublikasi Madaniyat, sport va turizm vazirligining bo‘lim boshlig‘i Ha Hyon Bong boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida xabar berildi.
Suhbat chog‘ida madaniy-gumanitar sohadagi ikki tomonlama hamkorlikning amaliy masalalari hamda Koreya Respublikasi Prezidentining 2014-yil iyun oyidagi O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida imzolangan Koreys madaniyati uyini tashkil qilish to‘g‘risida O‘zaro anglashuv memorandumini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma faoliyat jarayoni muhokama qilindi.
Izoh (0)