“Spravedlivaya Rossiya” partiyasi fraksiyasi rahbari o‘rinbosari Mixail Yemelyanov Rossiya parlamenti prezidentga Ukrainaga qo‘shin kiritish huquqini qaytadan berishi lozimligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
“AQSh rostan ham Ukrainaga qurol yetkazib berishni boshlasa, biz ham uyalmasdan ko‘ngillilarni qo‘llab-quvvatlashni boshlashimiz zarur. Jumladan qurol-yarog‘ bilan yordam berish va Ukrainaga qo‘shin kiritish huquqini prezidentga qaytarish lozim”, − dedi Yemelyanov.
Eslatib o‘tamiz, AQSh Kongressining Vakillar palatasi prezident Barak Obamani Ukrainaga qurol yetkazib berishga chaqirib rezolyutsiya qabul qilgan edi.
Izoh (0)