Joriy yilning 10-mart kuni Samsung Electronics Co. Ltd kompaniyasining vitse-prezident Sixo Jang boshchiligidagi bosh delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – mahalliy Artel savdo belgisi vakillari bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazib, Artel savdo belgisining amaldagi ishlab chiqarish quvvatlarida split-tizimlar (maishiy konditsionerlar)ni ishlab chiqarish bo‘yicha uzoq muddatli shartnoma tuzishdan iborat edi. Loyiha bo‘yicha, Samsung brendi ostida split konditsionerlarni ommaviy ravishda ishlab chiqarish 2015-yilning ikkinchi yarim yilligidan boshlanishi kutilmoqda.
Ayni vaqtda, Samsung Electronics Co. Ltd kompaniyasi 2015-yilda ishlab chiqarilgan mahsulotning 30 foizini, keyingi uch yilda ushbu ko‘rsatkichni 60 foizga yetkazish sharti bilan o‘zining global Samsung savdo tarmoqlari orqali MDH mamlakatlari va yaqin xorij davlatlariga eksport qilish majburiyatini o‘z bo‘yniga oldi.
Bundan tashqari, ushbu tashrif davomida xorijiy delegatsiya rahbari Artel savdo belgisi bilan boshqa shunga o‘xshash loyihalarga investitsiya kiritishga tayyorligini bildirdi. Buning yorqin dalili sifatida Samsung kompaniyasi vakillari bilan shaxsiy LED-monitorlarni ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyiha bandlari yakuniy ko‘rinishda kelishib olinganini ko‘rsatish mumkin. Ushbu qo‘shma mahsulot Samsung brendi ostida Artel’ning ishlab chiqarish maydonlarilda, “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” yorlig‘i ostida tayyorlanadi.
Shunday qilib, Samsung Electronics Co. Ltd kompaniyasi Artel savdo belgisi ishlab chiqarish maydonlarining jahon standartlariga mos kelishi, zamonaviy ravishda ta’minlangani, logistika va servis markazlarining avtomatlashtirilganini alohida qayd etib o‘tdi.
Reklama huquqlari asosida.
Izoh (0)