BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Tunisda 20 dan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘lgan muzeydagi teraktni qoralab chiqdi, deb xabar bermqoda “Segodnya.ua”.
Bosh kotibning rasmiy vakili Farxan Hakning so‘zlariga ko‘ra, Pan Gi Mun shuningdek jangarilar hujumi oqibatida halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik izhor qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 18-mart kuni Tunis poytaxtida joylashgan Bardo milliy muzeyida uyushtirilgan terakt oqibatida 22 kishi halok bo‘lgan va bir necha o‘nlab odamlar jarohat olgan edi.
Izoh (0)