Joriy yilning 14-15-mart kunlari Latviya poytaxti Riga shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha an’anaviy xalqaro turnir o‘tkazildi. O‘n oltinchi bor tashkil etilgan mazkur musobaqada Latviya, O‘zbekiston, Rossiya, Litva, Ukraina, Estoniya, Belarus, Shvetsiya, Norvegiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Polsha, Belgiya va Finlyandiyadan kelgan sportchilar g‘oliblik uchun kurash olib bordi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi.
Shaxsiy ko‘pkurash bahslarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Anastasiya Serdyukova obruch bilan bajariladigan mashqlarda 16.683 ball bilan 5-o‘rinni, to‘p bilan bajariladigan mashqlarda 16.433 ball jamg‘arib 4-o‘rinni, bulavada bajariladigan mashqlarda 16.983 ball to‘plagan holda 5-o‘rinni va nihoyat lenta bilan bajariladigan mashqlarda 16.367 ball bilan 4-o‘rinni band etdi va umumiy 66.467 ball bilan turnir jadvalida 4-o‘rinni egalladi.
Xalqaro turnirda Yevropa va jahon chempionati sovrindori belaruslik Melitina Stanyuta (69.650 ball) oltin, o‘smirlar o‘rtasida uch karra jahon chempioni rossiyalik Irina Annenkova (69.517 ball) kumush, ozarbayjonlik Gulsum Shafizoda 66.567 ball) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Izoh (0)