Toshkent shahrida tennis bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi xalqaro turnirning asosiy to‘r bahslari davom etmoqda. Tashkent ITF Juniors turnirida O‘zbekistonning iste’dodli tennischilaridan tashqari, Rossiya, Hindiston, Belgiya, Turkiya, Ukraina, Qozog‘iston, Buyuk Britaniya, Polsha, AQSh, Belarus kabi davlatlardan ham yosh raketka ustalari g‘oliblik uchun kortga chiqyapti, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
18 yoshgacha bo‘lgan tennischilar ishtirokida o‘tayotgan musobaqaning qiz bolalar o‘rtasidagi bahslarida birinchi davra uchrashuvlari bo‘lib o‘tyapti. O‘zbekistondan Laylo Bahodirova rossiyalik Viktoriya Kovalevadan 6:4, 6:2 hisobida ustun keldi.
O‘zbekistonning qolgan vakilalari – Valeriya Vorobyova, Sabina Smirnova, Aleksandra Staxanova, Yuliya Kim mag‘lubiyatga uchrab, turnirdagi ishtirokini muddatidan avval yakunladi.
Izoh (0)