O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2015-yil 17-martdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftagidan 5,89 so‘mga oshib, 2478,23 so‘mni, 1 yevro o‘tgan haftagidan 93,79 so‘mga pasayib, 2656,19 so‘mni, 1 Rossiya rubli o‘tgan haftagidan 0,79 so‘mga pasayib, 40,42 so‘mni tashkil etadi.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Izoh (0)