Qo‘qonlik tadbirkorning uyiga tunda ikki noma’lum shaxs bostirib kirib, xonadon egalaridan pul talab qildi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar bermoqda.
Oila a’zolarining qarshilik ko‘rsatishi natijasida niyatiga yeta olmagan bosqinchilar juftakni rostlamoqchi bo‘lganida uy sohibi ulardan birini ushlab qoldi. Ichki ishlar idoralari xodimlarining tezkor harakatlari natijasida ikkinchi bosqinchi ham qo‘lga olindi. Ular shu shaharda yashovchi fuqarolar ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)