Bugun, 6-mart kuni bo‘lib o‘tgan O‘FF yillik yig‘ilishida Markaziy Osiyo kubogi tashkil etish masalasi ham ko‘tarildi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”. “Sport” telekanali vakili Zafar Imomxo‘jayev tomonidan berilgan savolga Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi rahbari etib tayinlangan Mirabror Usmonov javob qaytardi.
“Markaziy Osiyo kubogi musobaqasi tashkil etish borasida ish olib borilmoqda. Shunday reja bor. Aprel oyida assotsiatsiya yig‘ilishi bo‘ladi. Yig‘ilishda musobaqa borasida ham gaplashib olmoqchimiz.
Yana shuni ham ta’kidlab o‘tish lozim, bunday musobaqa o‘z o‘zidan tashkil etilmaydi. Eng avvalo moliyaviy ta’minotni shakllantirib olishimiz lozim. Bu borada hamma sharoit yaratiladi va kelgusi yillarda O‘zbekiston, Eron, Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston va Qirg‘iziston terma jamoalari ishtirokida musobaqa tashkil etiladi”, − deydi Mirabror Usmonov.
Izoh (0)