OChL 2-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” – “Fulad” uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Oleg Zoteyev mikst zonada o‘z fikrlarini bildirdi, deb xabar beradi “Championat.asia”.
“Og‘ir o‘yin bo‘ldi, g‘alaba qozona olmaganimiz alam qilmoqda, barcha yigitlar 100 foiz kuch bilan o‘ynadi, hech kimga e’tiroz yo‘q.
Mavsum boshi bo‘lgani uchun og‘ir o‘ynayapmiz, shekilli. Keyingi o‘yinlarda vaziyatni o‘nglashga urinamiz, bundan ham qiyin vaziyatlar bo‘lgan, o‘shanda guruhdan chiqilgan. Oldinda hali 4 ta o‘yin bor, umid qilamanki guruhdan chiqamiz.
O‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildim? O‘z o‘yinimdan qoniqdim deya olmayman, balki hali mavsumga u qadar tayyormasdirman”, – dedi Oleg Zoteyev.
Izoh (0)