Moskvaning Shermetyevo ko‘chasida joylashgan KVN binosi oldida loyiha asoschisi va boshlovchisi Aleksandr Maslyakovga hujum qildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Hodisa 4-mart kuni Moskva vaqti bilan soat 21:30 da sodir bo‘lgan. Bezori avtomobilga o‘tirmoqchi bo‘lgan Maslyakovning oyog‘idan ushlab, uning salonga kirishiga xalal bergan. Hujum Maslyakovning o‘zi va o‘g‘li tomonidan bartaraf etilgan.
Aleksandr Maslyakov o‘ziga nisbatan bezorilik harakati sodir etilgani to‘g‘risida ariza yozishdan bosh tortgan va buni o‘ziga zarar yetmagani hamda hujumni jiddiy deb hisoblamasligi bilan izohalagan.
Izoh (0)