Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatning huquqni muhofaza qiluvchi organlaridan Rossiyani shov-shuvli qotilliklardek sharmandalik va fojealardan qutqarishni so‘radi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Eng jiddiy e’tiborni shov-shuvli jinoyatlarga, jumladan siyosiy asosda sodir etilganlariga qaratish kerak. Rossiyani yaqindagina poytaxt markazida Boris Nemsovning o‘ldirib ketilishi singari sharmandalik va fojealardan qutqarish lozim”, − dedi “TASS”.
Shuningdek, Rossiya prezidenti Ichki ishlar vazirligidan jinoyatlarni fosh qilish darajasini oshirishni talab qilgan.
Izoh (0)