Internet kanali orqali foydalanuvchilarga rang-barang kontent taklif etiladi. Kanalning 20 soatlik efiri barcha, hattoki eng nozik didli tomoshabilarning ko‘ngliga yo‘l topishi ko‘zda tutilgan. Kanal ko‘rsatuvlari dasturida informatsion, madaniy-ma’rifiy va musiqiy-ko‘ngilochar ko‘rsatuvlar, tok-shoular, tijorat dasturlari, serilallar va badiiy filmlar joy oladi.
Ushbu loyihaning asosiy maqsadi hududiy telestansiyalar faoliyatini rivojlantirish, ularga O‘zbekiston manfaatlariga mos keladigan litsenzion televizon kontentni shakllantirish, uni o‘zaro almashish va uzatishda, shuningdek loyiha doirasida o‘z-o‘zini moliyaviy ta’minlash va xarajatlarini qoplashga ko‘maklashish va bundan tashqari muammolarni hal etishda nodavlat telestansiyalarga konsultativ, huquqiy va texnik yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘ladi.
Loyiha Toshkent shahridan tashqari Andijon YoTRK, Qo‘qonning Muloqot TV, Buxoroning Istiqlol TV, Jizzax TV, Qarshining Nasaf TV, Samarqandning STV, To‘rtko‘l TV va Nukus TV kabi hududiy telestansiyalarni ham o‘z qamroviga olgan.
Izoh (0)