Malayziya yo‘l politsiyasi shahar, jamoat va xizmat avtotransport vositalarini boshqarayotgan haydovchilar tamaki chekayotganiga guvoh bo‘lsa, ularga katta jarima yozish huquqiga ega bo‘ldi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Davlat muassasalarining avtomobillari, jamoat transporti, shuningdek turistik avtobuslar va mikroavtobnuslar haydovchilari transport vositasini boshqarish vaqtida qo‘lga tushsa 5000 ringnit (1400 dollar) miqdorida jarimaga trtiladi. Hozircha boshqa turdagi avtomobillar haydovchilariga cheklov qo‘yilmagan.
Ushbu jarimani to‘lashni istamagan haydovchining ishi sudga oshiriladi va jarima miqdori 10 ming ringnit (2,8 ming dollar) gacha oshiriladi. Bu yangilik yordamida Malayziya rasmiylari aholining tamaki iste’molini kamaytirishga erishmoqchi. Qayd etilishicha, chekish oqibatida Malayziyada yiliga 10 mingga yaqin odam halok bo‘ladi.
Izoh (0)