Britaniyalik fotomodel Naomi Kempbell Kuba poytaxti Gavana shahrida Amerikaning NBC News telekanali operatoriga tashlanib qoldi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Kempbell mehmonxonadan chiqqach telekameralardan birining obyektiviga tushib qoldi. Yuzini shlyapa bilan yopgan model operatorning oldiga yugurib borib, suratga olishni to‘xtatishni talab qilgan, keyin esa kameraga zarba bergan.
Oradan bir necha soat o‘tib Kempbell bu qilmishi uchun telekanaladan uzr so‘ragan. “Bo‘lib o‘tgan voqea uchun kechirim so‘rayman. Bu katta tushunmovchilik bo‘ldi”, − dedi model.
Izoh (0)