Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan “Arsenal” hamda “Monako” jamoalari o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda umuman kutilmagan natija qayd etildi. Ya’ni, Arsen Venger shogirdlari “Emireyts”da “Monako“ga mag‘lub bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Dastlab, o‘yinning 38-daqiqasida Kondogbia mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning 53-daqiqasida kelib, Dimitar Berbatov hisobni - 0:2 ko‘rinishga olib keldi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida “Arsenal“ Oksleyd-Chemberlenning hatti-harakatlari evaziga, bitta golga javob qaytardi. Ammo, ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Ferreyra Karrasko Ospina darvozasiga uchinchi to‘pni kiritib, yakuniy - 1:3 natijasini o‘rnatdi.
Shu tariqa, “Monako” sensatsion g‘alaba evaziga javob o‘yini oldidan o‘zi uchun qulay natijaga erishdi.
YeChL. 1/8 final. Dastlabki uchrashuv
“Arsena”l (Angliya) –“ Monako” (Monako, Fransiya) 1:3 (0:1, 1:2)
Gollar: 0:1 – 38 Kondogbia, 0:2 – 53 Berbatov, 1:2 – 90 Oksleyd-Chemberlen, 1:3 – 90+4 Ferreyra Karrasko.
“Arsenal” – Ospina, Koselni, Belerin, Mertesaker, Gibbs, Kasorla (Rositski, 81), Koklen (Oksleyd-Chemberlen, 68), Ozil, Sanches, Uelbek, Jiru (Uolkott, 60).
“Monako” – Subashich, Fabino, Uolles, Ture, Elderson, Dirar (Kurzava, 82), Kondogbia, Moutinyu, Abdennur, Martial (Bernardu Silva, 84), Berbatov (Ferreyra Karrasko, 75).
Ogohlantirishlar: Koklen (42), Elderson (45), Belerin (74), Ozil (87), Moutinyu (90).
Izoh (0)